date
views 101

O‘zbekistonda 2025-yildan boshlab sirtqi ta’lim bekor qilinadi

O‘zbekistonda 2025-yildan boshlab sirtqi ta’lim bekor qilinadi
O‘zbekistonda 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab sirtqi ta’lim shakliga talabalar qabul qilish to‘xtatiladi, deb upl.uz sayti xabar berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bu haqdagi tegishli farmonni imzoladi. Qarorga ko‘ra, bu taqiq davlat va xususiy oliy ta’lim muassasalariga teng tatbiq etiladi.

Shu bilan birga, ayni paytda sirtqi shaklda tahsil olayotgan talabalar o‘qishni amaldagi dasturlar asosida davom ettirib, diplom olish huquqiga ega bo‘ladilar.

Sirtqi ta’lim o‘rniga kechki, masofaviy va qisqa muddatli kunlik (part-time) ta’lim shakllarini rivojlantirish rejalashtirilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda 2025-yildan boshlab sirtqi ta’lim bekor qilinadi