O‘zbekistonda yer uchastkalari bo‘yicha yangi qonun qabul qilindi

1 daqiqa o'qish211.4K
O‘zbekistonda yer uchastkalari bo‘yicha yangi qonun qabul qilindi
2025-yil 5-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan yangi qonun O‘zbekistonda yer uchastkalaridan foydalanish tartibini yaxshilash va nazoratni kuchaytirishga qaratilgan, deb upl.uz sayti xabar berdi.

Qonun yer egalari va davlat nazorat organlari uchun bir qator muhim o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Unda yerda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari, yangi jarimalar, ba’zi huquqbuzarliklar uchun jazoni yengillashtirish nazarda tutilgan.

Asosiy yangiliklardan biri — “yerdan foydalanishning ruxsat etilgan turlari” tushunchasi joriy qilinishi. Har bir yer uchastkasiga aniqlik bilan qanday maqsadlarda foydalanish mumkinligi belgilab qo‘yiladi. Ular uch toifaga bo‘linadi: asosiy, shartli ruxsat etilgan va yordamchi faoliyatlar.

. Asosiy maqsad — yer egasiga berilgan dastlabki maqsad (masalan, uy qurish uchun)
. Shartli ruxsat etilgan faoliyat — qo‘shimcha ruxsat olishni talab qiladi (mahalliy qurilish va kommunal organlardan)
. Yordamchi faoliyat — asosiy maqsadga xizmat qiluvchi ishlar

Bu tasnif Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan hujjat asosida belgilanadi.

Qonunga ko‘ra, yerda suv quvurlari, elektr tarmoqlari kabi muhandislik inshootlari joylashtirishga, obodonlashtirish, rekultivatsiya va geologik tadqiqot ishlariga ham ruxsat beriladi.

Yerni ruxsat etilmagan maqsadda ishlatgan fuqarolarga 7–10 BHM (2 265 000 – 3 750 000 so‘m), mansabdor shaxslarga esa 15–20 BHM (5 625 000 – 7 500 000 so‘m) miqdorida jarima belgilanadi.

Shu bilan birga, uy-joyni o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazmaganlik uchun jarima 10 BHMdan 5 BHMgacha (1 875 000 so‘m) kamaytirildi.

Yer kadastr ma’lumotlarini taqdim etmaslik ham endi alohida huquqbuzarlik sifatida baholanadi. Birinchi marta 5 BHM, qayta sodir etilsa 10 BHMgacha (3 750 000 so‘m) jarima qo‘llaniladi.

Yana bir muhim o‘zgarish — park hududlariga oid yerlarni noqonuniy o‘zlashtirish uchun javobgarlik belgilandi. Bu yashil hududlarni himoya qilish maqsadida joriy etilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar mamlakat hududining 40 foizidan ortig‘ini tashkil etadi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?