date
views 85

O‘zbekistonliklar 2024 yilda rekord umr ko‘rishdi

O‘zbekistonliklar 2024 yilda rekord umr ko‘rishdi
Milliy statistika qo‘mitasi e’lon qilgan yangi ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilda O‘zbekiston Respublikasida doimiy aholining o‘rtacha umr davomiyligi 75,1 yoshni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich 2023 yilda 74,7 yosh bo‘lgandi.

Shuningdek, yillar kesimida aholi umr davomiyligi dinamikasi quyidagicha shakllandi:

- 1991 yilda – 66,4 yosh
- 1995 yilda – 69,1 yosh
- 2000 yilda – 70,8 yosh
- 2005 yilda – 71,8 yosh
- 2010 yilda – 73 yosh
- 2015 yilda – 73,6 yosh
- 2020 yilda – 73,4 yosh
- 2024 yilda – 75,1 yosh

Ko‘rinib turibdiki, mamlakatimizda aholi umr davomiyligi yildan-yilga ortib bormoqda. Shu tarzda, 2024 yilda O‘zbekistonliklar o‘rtacha 75 yoshgacha yashayotgani qayd etildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonliklar 2024 yilda rekord umr ko‘rishdi