Janubiy Koreya Toshkent transportiga 40 mln $ grant ajratadi

1 daqiqa o'qish452
Janubiy Koreya Toshkent transportiga 40 mln $ grant ajratadi
Toshkent shahrida zamonaviy tez yuruvchi avtobuslar va BRT (Bus Rapid Transit) – jamoat transporti uchun alohida yo‘laklar tizimi joriy etilishi kutilmoqda, deb UPL.uz xabar berdi.
2025-yil 26-may kuni O‘zbekiston Transport vazirligi va Janubiy Koreya delegatsiyasi o‘rtasidagi uchrashuvda Janubiy Koreya bu loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun $40 millionlik grant ajratishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuvda Koreya Yer resurslari, infratuzilma va transport vazirligi mutaxassislari ishtirok etdi. Ular Toshkent transport tizimini yaxshilash bo‘yicha bosqichma-bosqich hamkorlik rejasini taqdim etdilar.
Rejada “aqlli” transport tizimi, jumladan, aqlli avtobuslar va BRT tizimi mavjud.

Aqlli avtobuslar 2026–2029 yillarda joriy etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, loyiha uchun ICAK – Koreya xalqaro pudratchilar assotsiatsiyasi javobgar hisoblanadi.
BRT – tezkor avtobus yo‘nalishlari esa 2027–2032 yillarda amalga oshiriladi. Bu esa Toshkent jamoat transportining tezligi va qulayligini oshirishga xizmat qiladi.

$40 millionlik grant yangi texnologiyalarni joriy etish va transport tizimini modernizatsiya qilishga sarflanadi. Mablag‘lar qanday taqsimlanishi hali oshkor etilmagan.

Bungacha, 2022-yil oktabrida Transport vazirligi BMT Taraqqiyot Dasturi va Global Ekologik Jamg‘armadan $3,87 million olgan edi.
Shu asosda Shota Rustaveli ko‘chasida rekonstruksiya ishlari boshlanib, avtobuslar uchun alohida yo‘laklar rejalashtirilgan.

Uchrashuv davomida Koreya kompaniyalari aqlli transport texnologiyalari, harakatni boshqarish tizimlari, elektron chiptalar bo‘yicha tajriba ulashishga tayyorlik bildirdi.

BRT tizimi ilk bor 1974-yilda Braziliyaning Kuritiba shahrida joriy etilgan va bugungi kunda eng samarali jamoat transporti modellardan biri sifatida e’tirof etiladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?