1 sentyabrdan barcha maktablarda yuz tanish tizimi ishlaydi

1 daqiqa o'qish2.7K
1 sentyabrdan barcha maktablarda yuz tanish tizimi ishlaydi
Yangi 2025/2026-o‘quv yili boshlanishi arafasida mamlakat maktablarida ta’lim sohasida yangi texnologiyalar joriy etilmoqda. «Xavfsiz maktab» loyihasi doirasida barcha umumta’lim maktablariga zamonaviy biometrik kuzatuv tizimlari o‘rnatiladi. Bu yangilik maktabda bolalar xavfsizligini ta’minlash, darsga qatnashuvni nazorat qilish va ota-onalarga tezkor ma’lumot yetkazishni maqsad qiladi.

Yangi tizim nima bilan farq qiladi?

- Har bir o‘quvchi maktabga kirishda yuzi orqali avtomatik tarzda ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda maxsus kameralar yordamida bolaning maktabga kelgan-kelmagani aniqlanadi;

- Agar bola maktabka umuman kelmasa, bu haqda ota-onaning telefoniga avtomatik SMS xabar yuboriladi;

- Maktablardagi kuzatuv kameralari kechikib kelishlar, intizom buzilishlari yoki boshqa favqulodda vaziyatlarni ham tasvirga oladi.

Mazkur chora-tadbirlar nafaqat bolalarning xavfsizligini kuchaytirish, balki ularning darsga muntazam qatnashishini ta’minlash va ota-onalar bilan maktab o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, bu tizim bosqichma-bosqich joriy etiladi va o‘quv yili boshlanguncha barcha maktablarda to‘liq ishga tushiriladi. Bu orqali har bir o‘quvchining maktabdagi ishtiroki real vaqtda nazorat qilinadi.

Qisqasi, sentyabrdan boshlab maktablar nafaqat bilim ulashish maskani, balki yuqori darajada nazorat qilinuvchi va xavfsiz makonga aylanadi. Ota-onalar esa farzandlarining qaysi vaqtda maktabga kelgani yoki kelmagani haqida doimiy xabardor bo‘lib borish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?