Yil yakunigacha 16 ta yashil stansiya ishga tushadi

1 daqiqa o'qish884
Yil yakunigacha 16 ta yashil stansiya ishga tushadi
Shavkat Mirziyoyev 23-iyun kuni sanoat korxonalarini «yashil» energiya bilan ta’minlash choralari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi, deb uz.kursiv.media xabar berdi.

Qisqa muddat ichida sohaga 6 milliard dollarlik xorijiy investitsiyalar jalb qilinib, elektr ishlab chiqarish hajmi 82 milliard kilovatt-soatga yetkazildi.

Yil oxirigacha 12 ta quyosh va 4 ta shamol elektr stansiyasi, shuningdek, 12 ta energiya saqlash tizimi ishga tushiriladi. Umumiy investitsiya hajmi 5 milliard dollardan oshadi. Shuningdek, 7,2 milliard dollarlik 11 ta yangi loyiha qurilishi boshlanadi.

Yirik nasos tizimlariga quyosh panellari va saqlash tizimlari o‘rnatilib, suv nasoslarining energiya sarfi 6,5 milliarddan 4,5 milliard kilovatt-soatga kamaytiriladi. Ishlar Qarshi magistral kanalidan boshlanadi.

Neft-gaz sohasida esa 240 megavattli quyosh va 300 megavattli saqlash tizimlari quriladi. Bu yiliga kamida 600 million kilovatt-soat energiya ishlab chiqaradi.

Yig‘ilishda 18 ta yirik tarmoqni mustaqil energiya tizimiga o‘tkazish va ijtimoiy muassasalarda quyosh energiyasidan foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?