Toshkentda 1 iyulgacha yo‘l harakati cheklanadi

Toshkentda 1 iyulgacha yo‘l harakati cheklanadi
Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi Ohangaron shohko‘chasining bir qismida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 2025-yil 25-iyun soat 00:00 dan 1-iyulgacha transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi, deb xabar berdi shahar IIBB YHXB.

Yo‘l Temur Malik – Parkent – Mahtumquli ko‘chalari aylana harakatidan THAY – Ohangaron shohko‘chalari aylana harakatigacha bo‘lgan oraliqni o‘z ichiga oladi.

Haydovchilarga quyidagi muqobil yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya etiladi:
. Bektemir shohko‘chasi
. Farg‘ona yo‘li ko‘chasi
. Mahtumquli ko‘chasi
. Yangi O‘zbekiston ko‘chasi

Boshqarma vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘rab, haydovchilardan belgilangan tartibga amal qilishni so‘radi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar