Shavkat Mirziyoyev amaldorlarning noto‘g‘ri parkavko qilishini tanqid qildi

1 daqiqa o'qish377
Shavkat Mirziyoyev amaldorlarning noto‘g‘ri parkavko qilishini tanqid qildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yo‘llardagi xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda aholiga noqulaylik tug‘dirayotgan holatlar, xususan, amaldorlarning noto‘g‘ri joyda to‘xtash holatlarini videokameralar orqali qayd etishni topshirdi, deb Kursiv media xabar berdi.

Prezidentning ta’kidlashicha, aynan davlat idoralari binolari oldida xizmat mashinalari yo‘lni to‘sib qo‘yadi, amaldorlar mashinalari esa ikki-uch qatordan iborat holda to‘xtab qoladi.

Prezident topshirig‘i bilan 15 ming haydovchi ishtirokida so‘rovnoma o‘tkazildi. Unda Toshkent va boshqa yirik shaharlarda qonuniy avtoturargohlar yetishmasligi aniqlangan. Haydovchilar yo‘l chetida to‘xtashga majbur bo‘lmoqda.

“Umuman olganda, oddiy haydovchilarning muammosini eshitadigan hech kim yo‘q, muloqot platformasi mavjud emas”, – dedi Mirziyoyev.

Prezident, shuningdek, barcha tashkilotlar va mahallalarda asossiz o‘rnatilgan taqiqlovchi belgilarni olib tashlashni buyurdi.

Hukumat qarori bilan belgilanganlaridan tashqari, vazirlik va idoralarning xizmat mashinalari yo‘llarda ustunlikka ega bo‘lmaydi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?