O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari amaliy safar bilan Turkiyaning Mersin viloyatiga bordi. Safar Turkiyaning Mersin viloyatida vaqtincha ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolarining yashash va mehnat sharoitlari bilan tanishish, shuningdek, salohiyatli ish beruvchilar bilan muzokaralar o‘tkazish maqsadida tashkil etildi.
Mazkur hududda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirib kelayotgan yurtdoshlar bilan kechgan muloqotda bugungi kunda O‘zbekistonda tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish, xavfsiz va tartibli mehnat migratsiyasini tashkil etish, xorijda ishlayotgan hamyurtlarni va ularning oila-a’zolarini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘zlab berildi. Mehnat migrantlariga Turkiyaning migratsiyaga oid qonunlariga rioya qilish zarurligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston diplomatlari safar davomida IC İçtaş Nükleer korxonasi vakili Go‘kxan Kartaymaz bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bo‘lib o‘tgan muloqotda O‘zbekiston fuqarolarini tashkiliy tarzda ishga joylashtirish ko‘lamini kengaytirish, uyushgan holda ishga tanlash tizimining afzalliklari, Turkiyada ishlash istagini bildirgan fuqarolarimizni O‘zbekiston hududida malaka sertifikatlari bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda mazkur kompaniyada 700 nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarolarining bandligi ta’minlangan.
Muzokaralar yakunida kelgusida ushbu kompaniya bilan O‘zbekiston fuqarolarini tashkiliy ishga joylashtirish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Foto: Dunyo
O‘zbekiston fuqarolari Turkiyaning Mersin viloyatida ishga yuboriladi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar