date

Afg‘onistondan kelganlar soni keskin oshdi — raqamlar hayratlantiradi

Afg‘onistondan kelganlar soni keskin oshdi — raqamlar hayratlantiradi

2025 yilning yanvar-iyun oylari davomida O‘zbekistonga turli mamlakatlardan kelgan sayyohlar soni keskin o‘sdi. Milliy statistika qo‘mitasi e’lon qilgan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, shu yilning birinchi yarim yilligida tijorat maqsadida mamlakatimizga tashrif buyurgan xorijliklar soni 223,6 ming nafarni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich 2024 yilning shu davriga nisbatan 158,6 ming nafarga ko‘p bo‘lib, 3,4 barobarga oshganini anglatadi.

Eng ko‘p kelganlar Afg‘onistondan — 207 536 nafar. Bu O‘zbekistonga tashrif buyurgan umumiy xorijliklarning mutlaq ko‘pchiligini tashkil etadi. Afg‘onistondan tashqari quyidagi davlatlardan ham fuqarolar kirib kelishgan:

  • Tojikiston — 12 244 nafar,

  • Turkmaniston — 1 642 nafar,

  • Rossiya — 451 nafar,

  • Turkiya — 276 nafar,

  • Qozog‘iston — 255 nafar.

Keluvchilarning aksariyati O‘zbekistonga tijorat, xizmat safari va ish yuzasidan tashrif buyurgani ta’kidlanadi. Afg‘oniston bilan chegara hududlardagi iqtisodiy aloqalarning kuchayishi va savdo-iqtisodiy munosabatlarning faollashishi ushbu o‘sishga turtki bo‘lgani ehtimoldan xoli emas.

Shuningdek, yaqin qo‘shnilar — Tojikiston va Turkmanistondan keluvchilar soni ham sezilarli darajada ekani kuzatilmoqda. Rossiya, Turkiya va Qozog‘istondan kelgan fuqarolar soni nisbatan kamroq bo‘lsa-da, ularning O‘zbekistondagi biznes loyihalardagi ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi.

Mamlakatimizda xorijliklarga yaratilgan qulay infratuzilma, turizmni rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari va xavfsiz muhit tashrif buyuruvchilar sonining ortishiga omil bo‘lmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Afg‘onistondan kelganlar soni keskin oshdi — raqamlar hayratlantiradi