date

O‘zbekiston MDHda uran zahirasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turibdi

O‘zbekiston MDHda uran zahirasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turibdi

O‘zbekiston uran zaxiralari bo‘yicha MDH davlatlari orasida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi, deb “Kursiv” nashri xabar bermoqda.

Jahon reytinglarida esa respublika 9-o‘rinda qayd etilgan. Mamlakatda uran ekologik xavfsiz usul — yer osti yuvish texnologiyasi asosida qazib olinmoqda. Ushbu texnologiya atrof-muhitga nisbatan yumshoq ta’sir ko‘rsatadi.

Ayni paytda 23 ta kon ish faoliyatida. Yana 10 ta obyektda geologik qidiruv ishlari olib borilmoqda. “Uzatom” ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilda uran qazib olish hajmi 4,2 ming tonna atrofida bo‘lishi kutilmoqda. 2030-yilgacha esa bu ko‘rsatkich 7,2 ming tonnaga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston MDHda uran zahirasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turibdi