Toshkentda tarvuz zaharlanishi haqidagi xabarlar haqiqatmi?

1 daqiqa o'qish1K
Toshkentda tarvuz zaharlanishi haqidagi xabarlar haqiqatmi?

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtda tarvuz iste’moli ortidan zaharlanish holatlari ko‘payib borayotgani haqida turli xabarlar tarqalmoqda. Bu esa aholi orasida jiddiy xavotir uyg‘otdi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Mutaxassislar ma’lum qilishicha, hozirgi vaqtda shahardagi Yuqumli kasalliklar shifoxonalarida “tarvuzdan zaharlanish holatlari ommaviy qayd etilyapti” degan ma’lumotlar kelib tushmagan. Ya’ni ayni damda bu xabarlar asossiz va haqiqatga mos kelmaydi.

Shu bilan birga, idora aholiga qator ogohlantirishlarni ham yo‘lladi. Xususan, yo‘l yoqasida sanitariya talablariga rioya etmasdan sotilayotgan poliz mahsulotlarini sotib olmaslik qat’iy tavsiya etildi. Tarvuz va boshqa qovun-tarvuz mahsulotlarini faqat ishonchli va ruxsat etilgan savdo nuqtalari orqali xarid qilish kerakligi alohida ta’kidlandi.

Shu kunlarda jamoatchilikda katta muhokamaga sabab bo‘lgan holatlardan biri — 16 avgust kuni poytaxtda 4 yoshli bolaning vafoti bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, oila a’zolari uyda tarvuz iste’mol qilgandan so‘ng uch nafar farzandda ich ketish, qayt qilish va harorat ko‘tarilishi belgilari kuzatilgan. Ular 4-son shahar yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasiga olib kelingan, ammo ko‘rilgan reanimatsion choralarga qaramay, kichik farzand hayotdan ko‘z yumgan.

Shifokorlar bolaga “o‘tkir yuqumli ichak kasalligi, gastroenterokolit turi. Aspiratsion sindrom” tashxisini qo‘ygan. Keyinchalik Respublika sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosalarida o‘limning ehtimoliy sababi “o‘pka-yurak yetishmovchiligi va ichak infeksiyasi bilan bog‘liq diareya va gastroenterit” sifatida qayd etilgan.

Ayni vaqtda mazkur o‘lim holati bo‘yicha huquq-tartibot idoralari tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Mutaxassislar eslatishicha, har qanday yozgi issiqda iste’mol qilingan mahsulotga ehtiyotkorlik bilan yondashish zarur. Sog‘lom hayot uchun sanitariya qoidalariga amal qilish, sifatli va tekshiruvdan o‘tgan mahsulotlarni tanlash eng muhim omilidir.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?