Mirziyoyev Xitoy paradida ishtirok etib do‘stlikni mustahkamlamoqchi

1 daqiqa o'qish403
Mirziyoyev Xitoy paradida ishtirok etib do‘stlikni mustahkamlamoqchi

Mirziyoyev Xitoy paradida ishtirok etib do‘stlikni mustahkamlamoqchiO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 avgustdan 3 sentyabrga qadar Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Bu haqida O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Mirziyoyev 31 avgust va 1 sentyabr kunlari Tyanszin shahrida o‘tadigan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) davlat rahbarlari kengashi majlisi va “SHHT plyus” formatidagi sammitda ishtirok etadi. Mazkur tadbirlar kun tartibida tashkilot a’zolari o‘rtasida ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish va SHHTning faoliyatini yanada takomillashtirishning dolzarb masalalari muhokama qilinadi.

Tadbirlar yakunida Tyanszin deklaratsiyasi qabul qilinishi, shuningdek xavfsizlik, raqamli iqtisodiyot, “yashil” sanoat, energetika, turizm va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma hujjat va qarorlar imzolanishi rejalashtirilgan. Bu jarayon O‘zbekiston va SHHT mamlakatlari o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

2 sentyabr kuni Mirziyoyev Pekinda Xitoy rahbari Si Szinpin bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi. Shuningdek, u Xitoyning rasmiy shaxslari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashib, O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi amaliy hamkorlik va investitsiyaviy loyihalarni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qiladi.

Prezident 3 sentyabr kuni Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimlarda ham qatnashadi. Xitoyning rasmiy axborot agentligi “Sinxua” ma’lumotlariga ko‘ra, Pekindagi ushbu bayramlarda 26 ta davlat rahbari va hukumat boshliqlari ishtirok etadi.

Xitoyga tashrifida birinchi bo‘lib Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kelishi rejalashtirilgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lib Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In ishtirok etadi. Shuningdek, bayramlarda Kambodja, Vyetnam, Laos, Indoneziya, Malayziya, Mo‘g‘uliston, Pokiston, Nepal, Maldiv orollari, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Belarus, Ozarbayjon, Armaniston, Eron, Kongo, Zimbabve, Serbiya, Slovakiya, Kuba va Myanma davlat va hukumat rahbarlari ham qatnashadi.

Bu tashrif O‘zbekiston uchun nafaqat strategik sheriklikni mustahkamlash, balki mintaqaviy va global maydonda diplomatik va investitsiyaviy imkoniyatlarni kengaytirish imkonini beradi. Xususan, Mirziyoyevning SHHT sammitidagi ishtiroki va Pekindagi paradda qatnashishi mamlakatning xalqaro sahnadagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi.


Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?