O‘zbekistonda dori vositalari elektron retsept orqali yoziladi

1 daqiqa o'qish395
O‘zbekistonda dori vositalari elektron retsept orqali yoziladi

Sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish yo‘nalishida yana bir muhim qadam qo‘yildi. O‘zbekiston hukumati tibbiy tashkilotlarda dori vositalarini elektron retsept asosida yozish va ularning harakatini nazorat qilish tartibini belgilab berdi. Bu haqda “Norma” xabar qildi.

Yangi nizomga ko‘ra, shifokorlar endi bemorlarga retsept bo‘yicha berilgan va dorixonalarda sotiladigan dori vositalarining harakatini elektron tarzda kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Elektron retsept blankalari maxsus “Elektron retsept” moduli orqali rasmiylashtiriladi hamda barcha ma’lumotlar avtomatik ravishda elektron tibbiy kitobga kiritiladi.

Retseptlar QR kod orqali elektron tasdiqlanadi, dori vositalari haqidagi barcha ma’lumotlar esa shifokor tomonidan elektron tizimga kiritiladi. Shu tariqa shifokorlar bemorlarga yozib berilgan dori vositalarining harakatini to‘liq kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Tartibga ko‘ra, 2025 yil 10 dekabrdan boshlab Toshkent shahri va pilot loyiha amalga oshirilayotgan 15 ta tumandagi tibbiyot muassasalarida dori vositalari elektron retsept orqali rasmiylashtiriladi. Bemorga yoziladigan dori vositasi, agar mavjud bo‘lsa, xalqaro patentlanmagan nomi bilan ko‘rsatiladi. Shu bilan birga, retsept bo‘yicha yoziladigan dori-darmonlar O‘zbekistonda rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi shart.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, elektron retsept tizimi orqali nafaqat dori vositalari harakati shaffof nazorat qilinishi, balki bemorlar uchun ham qulayliklar yaratilishi kutilmoqda. Shuningdek, tizim qoidalarini buzgan tibbiy xodimlarga nisbatan javobgarlik belgilanadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?