Namanganda VIII asrga oid noyob qo‘lyozma va tangalar topildi

1 daqiqa o'qish4.5K
Namanganda VIII asrga oid noyob qo‘lyozma va tangalar topildi

Namangan viloyati yana bir bor tarix va madaniy merosni o‘rganishda muhim yangilik bilan e’tibor markaziga aylandi. Viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lumoticha, VIII asrga oid qo‘lyozma hamda Abbosiylar davrida zarb etilgan tangalar topildi.

Axsikent arxeologiya parki tarkibidagi Yangi Axsi majmuasi fondlari 68 ta yangi tanga va 27 ta kitob bilan boyidi. Arxeologlar ta’kidlashicha, Abbosiylar hukmronligi davriga oid kumush tangalar o‘ziga xos bezakli arab yozuvlari bilan ajralib turadi.

Qo‘lyozma kitob esa ilm-fanning turli sohalariga bag‘ishlangan. Unda handasa, riyoziyot, astronomiya va tibbiyotga oid qimmatli ma’lumotlar jamlangan. Mazkur asar o‘sha davrda ilm-fan qay darajada rivojlanganini ko‘rsatadigan muhim manba sifatida baholanmoqda.

Namanganda VIII asrga oid noyob qo‘lyozma va tangalar topildi

Shuningdek, topilmalar orasida Somoniylar va Qoraxoniylar davriga tegishli tangalar ham uchradi. Qolaversa, 1667–1670 yillarda Shvetsiyada, 1836 yilda esa Buyuk Britaniyada chiqarilgan tangalar ham mavjudligi ma’lum qilindi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, ilk kumush tangalar miloddan avvalgi III asrdayoq chiqarilgan. Ularning yuza qismida – aversida podsholarning surati, orqa qismida esa turli xudolar, muqaddas hayvonlar yoki hukmdorlarning nomlari va tamg‘alari tasvirlangan.

Ayni paytda ham qazishma ishlari izchil davom etmoqda. Arxeologlar topilmalar nafaqat mahalliy, balki xalqaro ilmiy hamjamiyat uchun ham katta qiziqish uyg‘otishini ta’kidlashmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?