O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqildi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqildi, deb Bankir xabar berdi.
Loyihaga ko‘ra, Soliq va Fuqarolik kodekslari hamda yana 8 ta qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda. Jumladan, qonunchilikka “islomiy bank”, “moliyaviy operatsiyalar”, “islomiy moliya standartlari” va “investitsiyaviy depozit” tushunchalarini kiritish nazarda tutilmoqda.
Qonun loyihasida islomiy bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya joriy etilishi belgilanmoqda. Shuningdek, bu litsenziyani olish tartibi va talablari ham aniq belgilanyapti.
Shu bilan birga, ushbu litsenziyaga ega banklar tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalar ham belgilab berilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!