
Toshkent shahri Bektemir tumanida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash maqsadida yirik qurilish ishlari boshlandi. 2025 yil 21 sentyabrdan boshlab Bektemir yo‘li va Katta halqa yo‘li chorrahasi vaqtincha yopildi. Bu haqda Shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi rasmiy axborot berdi.
Mazkur chorrahada yo‘l infratuzilmasiga oid qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Shu sababli, hozirgi kunda ushbu hududdan o‘tuvchi 39, 45, 68, 93, 110, 117, 128 va 130-sonli avtobus yo‘nalishlari vaqtincha o‘zgartirildi.
Avtobuslar endi chorraha atrofida tashkil etilgan muqobil vaqtinchalik yo‘llar orqali harakatlanadi. Qurilish ishlari davomida tirbandliklar yuzaga kelishi, avtobuslar intervali uzoqlashishi mumkin. Mutasaddilar bu vaqtinchalik noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan tushuncha va sabr so‘ramoqda.
Yo‘nalishlardagi o‘zgarishlar qurilish ishlari tugaganga qadar amal qiladi. Shuningdek, ehtiyoj tug‘ilganda qo‘shimcha o‘zgarishlar kiritilishi mumkin. Bu haqda alohida rasmiy xabar berilishi belgilangan.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.