Sifatsiz tuz fosh etildi: 6 tonnadan ortig‘i savdodan chiqarildi

1 daqiqa o'qish577
Sifatsiz tuz fosh etildi: 6 tonnadan ortig‘i savdodan chiqarildi

O‘zbekistonda 2025 yilning dastlabki 8 oyi mobaynida sifat mezonlariga javob bermaydigan 6 tonnadan ziyod osh tuzi aniqlandi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi ma’lum qildi.

Mutasaddilarga ko‘ra, jahon miqyosida ham yod tanqisligi jiddiy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda yer yuzining kamida 2 milliard aholisi yod yetishmovchi hududlarda istiqomat qilmoqda. Ularning 655 millioni endemik buqoq kasalligiga chalingan. Yod tanqisligi oqibatida 43 milliondan ortiq insonda aqliy rivojlanish susayishi va bosh miya faoliyati buzilishi kuzatilgan.

Shu sabab ko‘plab davlatlar odamlar sog‘ligini asrash maqsadida tuzni yodlash dasturlarini amalga oshiradi. Unga ko‘ra, har bir tonna osh tuziga o‘rtacha 20–40 gramm kaliy yodat moddasi qo‘shilishi shart.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil boshidan buyon 4411 ta osh tuzi namunalari tekshiruvdan o‘tkazilgan. Ulardan 1306 tasi belgilangan talablarga javob bermagan. Bu namunalarning 19 tasi ishlab chiqarish korxonalarida, 182 tasi savdo va ovqatlanish muassasalarida, 1105 tasi esa maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktablar va bolalar muassasalarida aniqlangan.

Jami 6042,5 kilogramm sifatsiz tuz savdodan chiqarildi va ishlab chiqaruvchi korxonalarga qayta yodlash uchun yuborildi. Shuningdek, talabga javob bermagan bir korxona faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

Mutasaddilarning qo‘shimcha qilishicha, bu holat yuzasidan 31 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Mas’ul idoralar ta’kidlashicha, fuqarolar salomatligi to‘g‘ridan to‘g‘ri tozaligi va sifati kafolatlangan mahsulotlarga bog‘liq. Shuning uchun ham oziq-ovqat xavfsizligi ustidan nazorat yanada kuchaytirilishi kerak.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?