Matematika olimpiadasida savolar internetda tarqalib ketdi

1 daqiqa o'qish196
Matematika olimpiadasida savolar internetda tarqalib ketdi

Matematika fanidan bo‘lib o‘tgan tuman (shahar) bosqichi olimpiadasi yuzasidan kutilmagan holat qayd etildi. Ijtimoiy tarmoqlarda olimpiada savollari musobaqa boshlanishidan oldin tarqalib ketgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Bu holat jamoatchilik orasida katta muhokamaga sabab bo‘ldi, deb xabar berdi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur savollar Fan olimpiadalari markazi tomonidan maxsus ishchi guruhlar ishtirokida tuzilgan va har bir hududda markazlashgan holda chop etilgan. Biroq ayrim hududlarda savollarni chop etish jarayonida mas’ul shaxslar tomonidan tartib buzilib, materiallar noqonuniy yo‘l bilan tashqarigi chiqib ketgan.

Agentlikning rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, ayrim xodimlar savollardan namuna olib, ularni ijtimoiy tarmoqlar yoki messenjerlar orqali tarqatgan. Bu holat sinov natijalariga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi sababli, matematika fanidan olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi barcha sinflar bo‘yicha — 9-, 10- va 11-sinflarda — qayta o‘tkazilishi belgilandi.

“Hozirda bu qoidabuzarlikka sababchi shaxslar aniqlanmoqda. Ular amaldagi qonunchilik doirasida javobgarlikka tortiladi. Fan olimpiadalari markazi barcha bosqichlarda jarayonlarning shaffof va xolis bo‘lishi tarafdori”, — deyiladi agentlik bayonotida.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?