O‘zbekistonlik talabalar qayerda o‘qishni afzal ko‘rmoqda?

1 daqiqa o'qish299
O‘zbekistonlik talabalar qayerda o‘qishni afzal ko‘rmoqda?

O‘zbekistonlik talabalarning chet elda ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishi saqlanib turibdi, ammo ularning umumiy soni kamaygan. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–avgust oylarida 20,7 ming nafar fuqaro o‘qish maqsadida xorijga yo‘l olgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 24,6 foizga kam, deb xabar berdi idoraviy manbalar.

Ma’lum qilinishicha, o‘zbekistonlik yoshlar eng ko‘p yaqin qo‘shni Tojikistonni tanlamoqda. Bu yerda 5 270 nafar talabamiz tahsil olmoqda. Rossiyada 4 649, Qirg‘izistonda 3 064, Koreya Respublikasida 2 309, Turkiyada 1 538 nafar vatandoshlarimiz o‘qimoqda. Shuningdek, Qozog‘iston (874 nafar), Xitoy (797), Buyuk Britaniya (567), Germaniya (285) va AQSH (256) ham talabalar manzili bo‘lib turibdi.

Ekspertlar fikricha, yoshlar asosan qo‘shni mamlakatlardagi oliygohlarni tanlamoqda, chunki qabul tizimi sodda va ta’lim xarajatlari nisbatan arzon. Biroq so‘nggi yillarda Koreya va Turkiya universitetlariga qiziqish keskin ortgan — bu davlatlar xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarini saqlab turibdi va stipendiya dasturlarini kengaytirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?