Prezident Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

1 daqiqa o'qish207
Prezident Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

20 oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, bu yerdagi qurilish va jihozlash ishlarining yakuniy bosqichi bilan tanishdi.

Mazkur markaz 2017 yilda Prezident qarori bilan tashkil etilgan bo‘lib, 2018 yil Ramazon hayiti arafasida uning poydevoriga tamal toshi qo‘yilgan. Shundan buyon markaz hududida keng ko‘lamli qurilish, obodonlashtirish va ilmiy-ma’rifiy loyihalar amalga oshirilmoqda.

Inshoot milliy me’morlik uslubi va zamonaviy dizayn uyg‘unligida qurilgan. Markazning 65 metr balandlikdagi gumbazi va 34 metrli peshtoqli fasadi uning salobati va me’moriy ahamiyatini yanada oshiradi. Asosiy qismida joylashgan Qur’oni karim zalida musulmon dunyosining eng qadimiy noyob nusxalaridan biri — Usmon Mushafi namoyish etiladi. Shu bilan birga, Somoniylar, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar va Temuriylar davriga oid muqaddas kitoblar ham o‘rin olgan.

Markaz tarkibida 460 o‘rinli zamonaviy konferensiyalar zali qurilib, xalqaro darajadagi anjuman va forumlarni o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, “Islomdan avvalgi sivilizatsiyalar”, “Birinchi va Ikkinchi Renessans”, “O‘zbekiston XX asrda” hamda “Yangi O‘zbekiston – yangi Renessans” kabi ekspozitsiya bo‘limlari tashkil etilgan.

Bu yerda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Mansur Moturidiy va Bahouddin Naqshband kabi ulug‘ allomalarning ilmiy merosi, shuningdek, Bibi Xonim, Nodirabegim, Uvaysiy va Anbar otin singari ma’naviyat peshvolari faoliyati keng yoritilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev markaz faoliyatini ilmiy va ma’rifiy jihatdan boyitish zarurligini ta’kidlab, tashrif buyuruvchilar uchun qiziqarli, zamonaviy va interfaol muhit yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, xorijiy ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni kuchaytirish, malakali mutaxassis va gidlar tayyorlash haqida ham topshiriqlar berildi.

Davlat rahbari Islom sivilizatsiyasi markazi faqatgina diniy bilimlar maskani emas, balki xalqimizning boy tarixi, ma’naviyati va ilm-fan sohasidagi yutuqlarini jahon miqyosida keng targ‘ib etadigan ilmiy madaniyat markazi bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?