2026 yildan yangi qurilgan uylarga faqat o‘zbekcha nomlar beriladi

1 daqiqa o'qish331
2026 yildan yangi qurilgan uylarga faqat o‘zbekcha nomlar beriladi

O‘zbekistonda 2026 yildan boshlab yangi quriladigan turar joy majmualari va boshqa obyektlarga faqat o‘zbek tilida nom beriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 22 oktyabr kuni qabul qilingan qarorida ma’lum qilindi.

Qarorga ko‘ra, kelgusi yildan boshlab har bir yangi qurilish obyektining nomi, bino pasporti, peshlavhasi, reklama va e’lonlaridagi yozuvlar davlat tilida bo‘lishi shart. Hujjatlarda o‘zbek tili me’yorlariga qat’iy amal qilish talab etiladi.

Shuningdek, qurilishga oid barcha texnik, mualliflik va nazorat hujjatlari tegishli hududiy inspeksiyalarga davlat tili talablariga mos holda taqdim etiladi.

Hujjatda, shu bilan birga, qurilish sohasidagi “E-XSUD” va ekologiya yo‘nalishidagi ruxsatnoma tizimlarini “Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” hamda “Shaffof qurilish” platformalari bilan bog‘lash vazifasi yuklatilgan.

Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan sanadan uch oy o‘tgach, ya’ni 2026 yil boshidan amalga kiritiladi.

Mutaxassislar bu qarorni davlat tili mavqeini mustahkamlash va shaharlarda til madaniyatini oshirish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholamoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?