date

Xitoydan keltirilgan “Zhong tong” avtobuslari Farg‘onada xizmat boshlaydi

Xitoydan keltirilgan “Zhong tong” avtobuslari Farg‘onada xizmat boshlaydi

Farg‘ona viloyatida jamoat transporti tizimini yaxshilash maqsadida “Fergana City Bus” MChJ tomonidan Xitoydan 24 ta zamonaviy “Zhong tong” avtobusi olib kelindi, deb xabar berdi Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Ushbu avtobuslar yaqin kunlarda Farg‘ona shahri yo‘nalishlarida brutto-shartnoma asosida aholiga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

Yangi transport vositalari ekologik tozaligi, energiya tejamkorligi va yo‘lovchilar uchun qulay sharoitlari bilan ajralib turadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024–2025-yillar davomida viloyatdagi to‘rtta korxona tomonidan Asia Star, Yutong va Zhong tong rusumli jami 96 ta avtobus olib kelingan.

Mutasaddilar fikricha, bu yangilanish shahar transport tizimini qulay, xavfsiz va zamonaviy darajaga olib chiqadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Xitoydan keltirilgan “Zhong tong” avtobuslari Farg‘onada xizmat boshlaydi