
O‘zbekistonda 2025-yilning III choragida ishsizlik darajasi 4,9 foizni tashkil etdi, deb xabar berdi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 0,8 punktga kam.
Vazirlikka ko‘ra, mamlakat aholisi 37,8 million kishiga yetgan. Mehnat resurslari 20,35 millionni, iqtisodiy faol aholi esa 15,57 millionni tashkil qilmoqda. Shundan 14,81 million kishi band bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 579,6 ming kishiga ko‘paygan.
Rasmiy sektorda ishlovchilar soni 8,58 millionga yetgan — bu 17 foiz o‘sish demak. Shu bilan birga, norasmiy sektorda mehnat qiluvchilar 26,9 foizga kamayib, 4,38 million kishini tashkil etgan.
Chet elda ishlayotganlar soni 1,86 millionga yetdi, bu 512 ming kishilik o‘sishni bildiradi.
Joriy yilda 4,45 million kishi daromadli mehnat bilan ta’minlangan. Eng katta o‘sish xizmat ko‘rsatish sohasida — 2,74 million kishi ish topgan. Qishloq xo‘jaligida 1,29 million, qurilishda 172 ming, investitsiya loyihalari orqali esa 256 ming ish o‘rni yaratilgan.
Ma’lumot uchun, II chorakda ishsizlik darajasi 5,1 foiz bo‘lgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.