
Talabalar uchun quvonchli yangilik! Endilikda ijarada yashayotgan oliy ta’lim muassasalari talabalari ijara to‘lovining bir qismini davlat tomonidan qaytarib olishlari mumkin, deb xabar berdi hukumat portali.
Bu jarayon to‘liq onlayn amalga oshiriladi — na universitetga, na bankka borish talab etiladi. Talabalar my.gov.uz portali orqali “Davlat OTM talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish” xizmatini tanlab, ariza topshiradi.
Hujjat topshirish shart emas — tizim avtomatik ravishda barcha ma’lumotlarni tekshiradi.
Agar ariza ma’qullansa, Toshkent shahrida o‘qiyotgan talabalar bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 1 baravari, viloyatlarda yashovchi talabalar esa 0,5 baravari miqdorida to‘lovni qaytarib oladi.
Arizalar har oyning 1–7 kunlari qabul qilinadi. Bu esa minglab talabalarga ijara xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.