O‘zbekistonda gaz va benzin ishlab chiqarish keskin kamaydi

1 daqiqa o'qish226
O‘zbekistonda gaz va benzin ishlab chiqarish keskin kamaydi

O‘zbekistonning 2025 yil yanvar–oktyabr oylariga oid sanoat ko‘rsatkichlari e’lon qilindi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat korxonalari 10 oy davomida 865,8 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqargan — bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,7 foiz ko‘p.

Biroq energetika sohasida pasayish kuzatilgan. Tabiiy gaz qazib chiqarish 35,5 milliard kub metrni tashkil etdi — bu 2023 yilga nisbatan 3,5 milliard, o‘tgan yilgi 10 oylik statistikadan esa 1,8 milliard kub metrga kam.

Avtomobil benzini ishlab chiqarish ham sezilarli qisqargan. Joriy yilda 974,7 ming tonna benzin tayyorlangan — o‘tgan yilga qaraganda 131,5 ming tonnaga, 2024 yil 10 oyiga nisbatan esa 118,7 tonnaga kam.

Neft qazib olish 547,3 ming tonnani tashkil etib, bir yilda 54,7 ming tonnaga pasaygani qayd etilgan.

Shu bilan birga, dizel va ko‘mir ishlab chiqarish o‘sishga erishdi. Dizel hajmi 978,1 ming tonnaga yetdi (o‘tgan yil: 877,9 ming tonna). Ko‘mir esa 6,5 million tonnadan oshdi.

Elektr energiyasi ishlab chiqarish 3,8 foizga ko‘tarilib, 69,2 milliard kVt/soatni tashkil etdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?