O‘zbekiston diplomlari 38 davlatda tan olinishi kutilayapti

1 daqiqa o'qish370
O‘zbekiston diplomlari 38 davlatda tan olinishi kutilayapti

O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi uchun yangi eshiklar ochilishi mumkin. Mamlakat “Oliy ta’lim sohasida malakalarni o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi global konvensiya”ni ratifikatsiya qilgach, O‘zbekistonda berilgan diplomlar jahonning 38 ta mamlakatida rasmiy e’tirof etilishi ehtimol qilinmoqda.

Bu hujjat Prezident tomonidan 11 noyabrda imzolandi va UNESCO shafeligida tayyorlangan global ahamiyatga ega birinchi shartnoma sifatida katta o‘rin tutadi. Konvensiyaga ko‘ra, a’zo davlatlar bir-birining diplom va malakalarini adolatli tarzda tan olishi shart. Faqat ta’lim standartlari keskin farq qilgandagina rad etish mumkin.

Hozirgi kunda shartnoma ishtirokchilari 38 ta mamlakatdan iborat — Yevropada Fransiya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya va boshqalar; Osiyoda Yaponiya, Janubiy Koreya; Afrikada JAR, Senegal; Amerikada Urugvay, Ekvador; shuningdek, Avstraliya va Yangi Zelandiya kabi davlatlar bor.

Eng qizig‘i — O‘zbekiston Markaziy Osiyoda ushbu Konvensiyaga qo‘shilgan ilk davlat bo‘lmoqda. Ratifikatsiya haqidagi hujjat UNESCOga topshirilganidan keyin 3 oy o‘tishi bilan O‘zbekiston to‘lahuquqli a’zo maqomini oladi.

Shu bilan birga, xorijda olingan diplomlarni O‘zbekistonda tan olish masalasi ham o‘z alohida tartibiga ega. Bu jarayon “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va Vazirlar Mahkamasining 620-son qarori bilan belgilangan. Ayrim hollarda xalqaro shartnomalar asosida diplomlar qo‘shimcha imtihonlarsiz ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinishi mumkin.

O‘zbek talabi, o‘qituvchisi va mutaxassisi uchun bu katta qadam — imkoniyat kengayadi, dunyoga chiqish uchun dadilroq platforma paydo bo‘ladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?