O‘zbekistonda elektron sigaretalar to‘liq taqiqlandi

1 daqiqa o'qish315
O‘zbekistonda elektron sigaretalar to‘liq taqiqlandi

O‘zbekistonda elektron sigaretalarga oid qonunchilik keskin kuchaytirildi. 27 noyabr kuni qabul qilingan yangi qonunga ko‘ra, elektron sigaretalarni tayyorlash, saqlash, tashish yoki sotish endi jiddiy jinoyat sifatida baholanadi.

Yangi o‘zgartishlarga binoan, mamlakat hududida muomalasi taqiqlangan tamaki mahsulotlari va nikotin yetkazib beruvchi elektron moslamalarni ishlab chiqarish yoki ularni olib kirish-joylashtirish katta miqdorda amalga oshirilsa, javobgarlik juda qattiq:

— 123,6 mln — 206 mln so‘mgacha jarima,
— 2–3 yil axloq tuzatish ishlari,
— 3–5 yil ozodlikni cheklash,
— yoki 3–5 yilga ozodlikdan mahrum qilish.

Eng muhim jihati — agar shaxs ushbu mahsulotlarni ixtiyoriy ravishda topshirib, aybini tan olsa, u javobgarlikdan ozod etiladi.

Shuningdek, “Alkogol va tamaki mahsulotlarini cheklash to‘g‘risida”gi qonunga ham tuzatishlar kiritilib, elektron sigaretalar va ularning suyuqliklarini aylantirish to‘liq taqiqlandi.

Yangi tartib mamlakatda nikotin moslamalarining tarqalishini cheklash va yoshlar sog‘lig‘ini himoya qilishga qaratilgani aytiladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?