Dam olish kunlari havo soviydi: yomg‘ir qorga aylanishi mumkin

1 daqiqa o'qish2.8K
Dam olish kunlari havo soviydi: yomg‘ir qorga aylanishi mumkin

O‘zgidromet 6–9 dekabr kunlari kuzatilishi kutilgan ob-havo bo‘yicha yangilangan ma’lumotlarni e’lon qildi. Hududlar bo‘yicha havoda o‘zgaruvchanlik saqlanib, ayrim joylarda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda asosan quruq ob-havo kuzatiladi, faqat 7 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin. Shamolning tezligi 9 dekabrda kuchayishi ehtimoldan xoli emas. Harorat kechasi 2–9 daraja sovuq, kunduzi 0–8 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiyda 6–7 dekabrda yog‘ingarchiliksiz, 8–9 dekabrda esa ayrim joylarda yomg‘ir kuzatilishi mumkin. Kunduzgi harorat 8–13 daraja iliq, 9 dekabrda biroz pasayishi kutilyapti.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax hududlarida 6–7 dekabrda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, 8–9 dekabrda yomg‘ir ehtimoli bor. Kechasi 0–3 daraja iliq, kunduzi 5–13 daraja iliq.

Qashqadaryo va Surxondaryoda 6–7 dekabrda quruq ob-havo saqlanadi. 8–9 dekabrda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi 10–17 daraja iliq.

Andijon, Namangan, Farg‘ona vodiysida 8–9 dekabr kunlari yomg‘ir ehtimoli bor. Harorat kunduzi 6–11 daraja iliq, 9 dekabrda 3–8 darajaga tushishi mumkin.

Tog‘li hududlarda yomg‘ir-qor aralash yog‘ingarchilik bo‘lib, 8 dekabrda ayrim maskanlarda kuchli bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 1–12 daraja sovuq, kunduzi 0–3 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?