
2026 yilning 3 yanvar kuni Yer Quyoshga yil davomidagi eng yaqin masofaga yetib boradi. Bu payt astronomiyada perigeliy deb ataladi. Moskva planetariysi ma’lumotlariga ko‘ra, aynan shu sanada Quyosh bizga nisbatan eng yaqin joylashadi va shu sababli u yil davomidagi eng katta ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, 3 yanvar kuni Yer bilan Quyosh o‘rtasidagi masofa 147 million 99 ming kilometr atrofida bo‘ladi. Shuning natijasida Quyoshning ko‘rinish diametri 2026 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetib, 32 burchak daqiqasi va 35 soniyani tashkil etadi. Bu farq oddiy ko‘z bilan deyarli sezilmasa-da, professional teleskoplar va fotosuratlarda juda aniq ko‘rinadi.
Astronomlar, shuningdek, yilning ikkinchi qismida teskari holat kuzatilishini eslatib o‘tdi. 2026 yil iyul oyida Yer Quyoshdan eng uzoq nuqta — afeliyga chiqadi. Ana shu paytda Quyoshning ko‘rinish o‘lchami yanvar oyidagidan ancha kichik bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.