7 sentyabr kuni O‘zbekistonda «qonli Oy» kuzatiladi

7 sentyabr kuni O‘zbekistonda «qonli Oy» kuzatiladi

7 sentyabr kuni so‘nggi yillardagi eng uzoq davom etadigan to‘liq Oy tutilishlaridan biri kuzatiladi. Ushbu astronomik hodisani O‘zbekiston hududidan ham ko‘rish mumkin.

Toshkent vaqti bilan Oy Yer soyasiga soat 20:28 da kira boshlaydi. Qisman tutilish esa 21:27 da boshlanadi.

Oy tutilishining to‘liq bosqichi soat 22:30 da boshlanib, 23:52 gacha davom etadi. Shu vaqt oralig‘ida Oy to‘liq Yer soyasiga kirib, qizg‘ish tusga ega bo‘ladi. To‘liq bosqich qariyb 1 soat 22 daqiqa davom etadi.

Oy tutilishi vaqtida uning qizil yoki to‘q sariq rangga kirishi Yer atmosferasi orqali o‘tgan Quyosh nurlarining sinishi bilan bog‘liq. Shu sababli bunday hodisa ko‘pincha «qonli Oy» deb ataladi.

To‘liq tutilishdan keyin Oy asta-sekin Yer soyasidan chiqadi. Qisman tutilish 00:56 da, hodisaning so‘nggi bosqichi esa 01:55 da yakunlanadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar