Mahkumlarga videoqo‘ng‘iroq huquqi berildi

1 daqiqa o'qish751
Mahkumlarga videoqo‘ng‘iroq huquqi berildi

Jinoyat-ijroiya kodeksiga kiritilgan yangi o‘zgartirishlar mahkumlar uchun muloqot imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Yangi qonunga ko‘ra, ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga yaqinlari bilan masofadan turib videouchrashuv qilish huquqi berildi. Tegishli hujjat 2026-yil 15-yanvar kuni qabul qilingan bo‘lib, rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

Qonun talablariga muvofiq, mahkumlar o‘z shaxsiy mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan, 15 daqiqa davom etadigan bir martalik masofaviy videouchrashuv yoki telefon orqali suhbatlashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu qadam, avvalo, mahkumlarning oila a’zolari va yaqinlari bilan aloqasini uzib qo‘ymaslikka qaratilgan.

Avvalgi tartibda esa bunday muloqot faqat 15 daqiqalik bir martalik telefon qo‘ng‘irog‘i bilan cheklangan edi. Endilikda videomuloqot ham qonuniy asosda mustahkamlanib, mahkumga qo‘shimcha variant sifatida taqdim etilmoqda.

Mutaxassislar fikricha, masofaviy videouchrashuvlarni joriy etish mahkumlarning ijtimoiy bog‘liqligini saqlash, ruhiy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash, shu bilan birga jazoni ijro etish tizimida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni yanada kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?