Dam olish kunlari qorli ob-havo kutilmoqda

1 daqiqa o'qish2.1K
Dam olish kunlari qorli ob-havo kutilmoqda
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • 16–18 yanvar kunlari O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik, asosan qor ko‘rinishida kuzatiladi.
  • 16 yanvar kuni yomg‘ir keyinchalik qorga aylanishi, 17 yanvar kuni yog‘ingarchilik kamayishi, 18 yanvar kuni esa mamlakatning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmasligi prognoz qilingan.
  • Harorat 16 yanvar kuni kunduzi 5–8 daraja iliq, shanba va yakshanba kunlari 0–5 daraja iliq bo‘ladi, kechalari esa 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha pasayadi.

Dam olish kunlari qorli ob-havo kutilmoqda

O‘zgidromet 16–18 yanvar kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra, dam olish kunlari respublika hududlarining aksariyatida yog‘ingarchilik, asosan qor ko‘rinishida kuzatiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun, 16 yanvar kuni kunduzi hamda shanbaga o‘tar kechasi O‘zbekistonning katta qismida yomg‘ir yog‘ib, keyinchalik qorga aylanadi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida esa yog‘ingarchilik kechqurun boshlanishi kutilmoqda.
17 yanvar, shanba kuni kunduzi respublika bo‘ylab nisbatan barqaror ob-havo saqlanadi. Ayrim joylarda asosan qor yog‘ishi mumkin, biroq uning jadalligi ancha pasayadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida esa ushbu kunda, asosan, yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
18 yanvar, yakshanba kuni mamlakatning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat kechasi va ertalab Navoiy, Toshkent, Sirdaryo hamda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin.
Harorat bugun kunduzi 5–8 daraja iliq bo‘lsa, shanba va yakshanba kunlari 0–5 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Kechalari havo harorati 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha pasayishi mumkin. Ayrim hududlarda tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol tezligi 7–12 m/s bo‘lib, 16 yanvar kuni ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Tog‘li hududlarda vaqt-vaqti bilan qor yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Qor ko‘chishi xavfi saqlanib qoladi.
Toshkent shahrida bugun yomg‘ir yog‘ib, kechqurun qorga aylanishi mumkin. Harorat 6–8 daraja iliq bo‘ladi. Shanba kuni kechasi va ertalab yomg‘ir va qor yog‘ishi, tuman tushishi ehtimoli bor. Kunduzi esa vaqti-vaqti bilan biroz qor yog‘adi. Yakshanba kuni ertalab biroz qor kuzatilishi mumkin, kunduzi esa yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?