Toshkent va viloyatni bog‘lovchi yangi avtobus yo‘nalishi ochildi

Toshkent va viloyatni bog‘lovchi yangi avtobus yo‘nalishi ochildi

Ochiq tender natijalariga ko‘ra imzolangan brutto shartnoma asosida 3 martdan 10 sonli "Xo‘jaqo‘rg‘on mahallasi – Yunusobod 12-dahasi" avtobus yo‘nalishi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Yangi qatnovni ta’minlash uchun katta sig‘imga ega 10 ta "Mercedes-Benz" avtobusi jalb etildi.

Yo‘nalish Xo‘jaqo‘rg‘ondan boshlanib, Yenbekshi, Buvra ota, Y. Ohunboboyev, Charog‘on, Oliygoh, THAYO, Chinobod, Yangi shahar hamda A. Donish ko‘chalari orqali harakatlanadi. Qatnovning so‘nggi bekati — "Yunusobod 12-dahasi".

Avtobuslar har kuni soat 05:30 dan 21:55 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. Mazkur yo‘nalish Toshkent shahri va viloyati o‘rtasidagi transport aloqalarini yanada yengillashtirishi kutilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar