O‘zbekistonda hafta boshida soviydi, oxiriga kelib yana isishi kutilmoqda

1 daqiqa o'qish292
O‘zbekistonda hafta boshida soviydi, oxiriga kelib yana isishi kutilmoqda
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Assalomu alaykum!
  • Mana yangilikning lotin yozuvidagi qisqa xulosasi: O'zbekistonda hafta boshida ob-havo asosan iliq va quruq bo'lib, kunduzgi harorat 24-29 darajagacha ko'tariladi.
  • 21-23 aprel kunlari esa respublika bo'ylab qisqa muddatli yomg'ir va momaqaldiroqlar kuzatilib, harorat 18-23 darajagacha pasayishi kutilmoqda.
  • Haftaning oxiridan, ya'ni 24 apreldan boshlab esa yana quruq va iliq ob-havo o'rnatilib, harorat ko'tarilishni boshlaydi. Tog'li hududlarda esa sel xavfi saqlanib qoladi.

O‘zbekistonda haftaning birinchi yarmida havo harorati pasayib, keyingi kunlarda esa yana isishi kutilmoqda. “O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, ob-havo dastlab barqaror va iliq bo‘lib, keyinchalik nobarqarorlashadi.

Dastlab iliq, keyin yomg‘irli kunlar

20 aprel, dushanba kuni mamlakatning katta qismida quruq va iliq havo saqlanib turadi. Faqat Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatining ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Kunduzgi harorat 24–29 daraja atrofida bo‘ladi.

21–23 aprel kunlari respublikaning turli hududlarida qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ishi, ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatilishi kutilmoqda. 21 aprelda havo 24–29 daraja atrofida issiq bo‘lsa, 22–23 aprel kunlari harorat asta-sekin 18–23 darajagacha pasayadi.

Shamol kuchayishi va chang-to‘zon ehtimoli

20–22 aprel kunlari ba’zi hududlarda shamol tezligi 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ayrim joylarda chang ko‘tarilishi ham ehtimoldan xoli emas.

Hafta oxirida yana isish

24 apreldan boshlab mamlakatning barcha hududlarida yana quruq va iliq ob-havo qayd etiladi. Harorat ko‘tarilish tendensiyasiga o‘tadi.

Tog‘li va tog‘oldi hududlarda esa vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi saqlanib qoladi. Shu bilan birga, sel va suv toshqinlari xavfi ham mavjud ekani ogohlantirilmoqda.

Toshkentdagi ob-havo

Toshkent shahrida dushanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Seshanba kuni kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

20–21 aprel kunlari havo 25–28 daraja atrofida bo‘ladi. 22 aprelda 24–26 daraja, 23 aprelda esa 20–22 darajagacha pasayishi kutilmoqda. 24 aprelda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi va harorat yana 25–27 darajagacha ko‘tariladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?