20:44 / 24.04.2017
6 215

O‘zbekiston Rossiyaning 5 ta shahrida konsulxona ochadi

O‘zbekiston Rossiyaning 5 ta shahrida konsulxona ochadi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Rossiya Federasiyasi va Qozog‘iston Respublikasida yangi konsulxonalar ochish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda vazirning birinchi o‘rinbosari Javlon Vahobov ma’lum qilgan.

Uning ma’lumot berishicha, O‘zbekiston konsulxonalari Rossiyaning Sankt-Peterburg, Qozon, Rostov, Ekaterinburg, Vladivostok, shuningdek, Qozog‘istonning Olmaota shaharlarida ochilishi rejalashtirilmoqda.

U xorijdagi konsulxonalardagi xodimlar soni ham oshirilishini ta’kidlagan.

Vazir o‘rinbosarining aytishicha, Tashqi ishlar vazirligi va eng avvalo O‘zbekistonning Rossiyadagi konsulxonalari mamlakatdan chetga migrasiya oqimi bu qadar shiddat bilan o‘sishiga tayyor emasdi.

«Raqamlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, prezidentning virtual qabulxonasi ochilganidan buyon Tashqi ishlar vazirligi faoliyati bo‘yicha 3 ming murojaat kelib tushgan. Shunning uchdan ikki qismi konsullik xizmatlariga aloqador.

Rossiyada ayni vaqtda faqat Moskva va Novosibirsk shaharlarida konsullik bo‘limlari mavjud. Bu Rossiyadagi ko‘p sonli o‘zbekistonliklarga etarli xizmat ko‘rsatish imkoniyatini bermayapti», — deya qo‘shimcha qilgan Vahobov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston Rossiyaning 5 ta shahrida konsulxona ochadi