Yashnobodda Aviasozlar ko‘chasining bir qismi 20 kunga yopiladi

Yashnobodda Aviasozlar ko‘chasining bir qismi 20 kunga yopiladi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi Aviasozlar ko‘chasining bir qismi 20 kunga yopiladi.

Cheklov 11 iyul kuni soat 08:00 dan 31 iyul kuni soat 06:00 gacha amal qiladi. Bunga issiq suv ta’minoti magistral quvurini almashtirish ishlari sabab bo‘ladi.

Veolia Energy Tashkent haydovchilardan ushbu davrda harakat yo‘nalishini oldindan rejalashtirishni va aylanma yo‘llardan foydalanishni so‘radi.

Ta’mir ishlari yakunlangach, ko‘chada transport harakati qayta tiklanadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar