«Tashabbusli budjet»ning ikkinchi mavsumi 15 iyuldan boshlanadi

O‘zbekistonda 15 iyuldan 2026 yilgi «Tashabbusli budjet» jarayonining ikkinchi mavsumi boshlanadi. Bu bosqichda fuqarolar o‘z hududidagi infratuzilma, yo‘llar va ijtimoiy obyektlarni yaxshilash bo‘yicha loyihalarini taklif qilishi mumkin.
Loyihalar openbudget.uz portali orqali qabul qilinadi. An’anaviy bosqichda g‘olib chiqqan tashabbuslar 1 sentyabr, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi kuni e’lon qilinadi.
Ikkinchi mavsum quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
• Loyihalarni qabul qilish: 15 iyuldan 3 avgustgacha
• Arizalarni saralash: 4 avgustdan 18 avgustgacha
• Targ‘ibot bosqichi: 19 avgustdan 21 avgustgacha
• Ovoz berish: 22 avgustdan 31 avgustgacha
• Qo‘shimcha g‘oliblarni e’lon qilish: 1 sentyabrdan 10 sentyabrgacha
Fuqarolar o‘z mahallasi yoki hududida zarur deb hisoblagan muammolar bo‘yicha taklif kiritishi mumkin. Ovoz berish natijalariga ko‘ra eng ko‘p qo‘llab-quvvatlangan loyihalar moliyalashtiriladi.































Izohlar 0
…