Aziz Rametov "Aziz qamalibdi" degan mish-mishlarga javob berdi (video)

O‘zbekiston xalq artisti Saida Rametova hamda aktyor va rejissyor Jumadulla Rametovning o‘g‘li, aktyor Aziz Rametov Instagram sahifasi orqali e’tiborni tortgan videoni e’lon qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, aktyor ushbu videoni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ayrim noto‘g‘ri taxmin va izohlarga javob sifatida joylagan. Ayrim foydalanuvchilar, hatto aktyor qamoqqa tushgani haqida asossiz fikrlar bildirgan.
Aziz Rametov esa video ostida quyidagi izohni qoldirdi:
"Videoni nega unaqa qo‘yding demanglar, iltimos. Ba’zilar 'Aziz qamalib qolibdi', deb komment yozishibdi. 'Lecheniye'da degan gapni tushunmay. Adashmasam, qamoqxonaning maxsus formasi bo‘ladi-ku. Yana video qo‘ng‘iroqda ham gaplashtirib qo‘yishmaydi."
Aktyorning ushbu izohidan so‘ng muxlislari uni qo‘llab-quvvatlab, sog‘lig‘i yaxshi bo‘lishini tilashdi. Izohlarda, shuningdek, uning otasi Jumadulla Rametovga ham Allohdan shifo so‘rab, samimiy tilaklar bildirildi.






























Izohlar 0
…