Namanganda 108 yoshni qarshi olgan Ibrohim hoji ota vafot etdi

Namangan tumani Mullakudung qishlog‘ining nuroniylaridan biri, 108 yoshni qarshi olgan Ibrohim hoji ota vafot etdi.
Marhum umri davomida mahalla ahli orasida hurmat-e’tiborga sazovor bo‘lgan. Uni yaqinlari va qishloqdoshlari hayot tajribasi, duolari va odamlarga bo‘lgan samimiy munosabati bilan eslashmoqda.
Ibrohim hoji otaning vafoti oilasi, farzandlari, nabiralari va uni taniganlar uchun og‘ir yo‘qotish bo‘ldi.
Marhumning yaqinlariga sabr tilaymiz. Alloh taolo uni rahmatiga olsin, jannatini nasib etsin.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…