Boy oilalar Toshkentning qaysi tumanidan uy olib yashashadi? Top 5 o‘rindagi tumanlar

Toshkentda yuqori daromadli oilalar ko‘proq qaysi hududlardan uy xarid qilishi haqidagi ma’lumotlar tarmoqlarda qiziqish uyg‘otdi. Ro‘yxatda asosan markazga yaqin, infratuzilmasi rivojlangan va ko‘chmas mulk narxi yuqori tumanlar tilga olingan.
To‘rtinchi o‘rinda Yakkasaroy tumani keltirilmoqda. Bu hudud xavfsizligi va qulay joylashuvi bilan ajralib turadi. Uy-joy narxi 1 kvadrat metr uchun 2 ming dollardan 3,5 ming dollargacha bo‘lishi aytilgan.
Uchinchi o‘rinda Shayxontohur tumani bor. Tashkent City atrofida narxlar 4,5 ming dollargacha yetishi mumkin. Ikkinchi o‘rindagi Mirobod tumani esa poytaxtning eng markaziy va qimmat joylaridan biri hisoblanadi.
Ro‘yxatda birinchi o‘rin Mirzo Ulug‘bek tumaniga berilgan. Ayrim ma’lumotlarda bu yerda bir necha million dollarlik uchastkalar ham borligi aytilmoqda. Biroq narxlar uyning joylashuvi, maydoni va holatiga qarab farq qiladi.































Izohlar 0
…