Ilonning baliq bilan kurashi barchani hayratga soldi (video)

Bir guruh yigitlar dam olish maqsadida suv bo‘yiga borganida kutilmagan va hayratlanarli manzaraga guvoh bo‘ldi. Ular ko‘rgan voqeani videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarda ulashdi.
Videoda yigitlardan biri suv bo‘yida ilonning yirik baliqni dumidan mahkam tishlab olganini payqab, bu holatni sheriklariga ham ko‘rsatadi. Barchasi ushbu noodatiy manzarani hayrat bilan kuzata boshlaydi.
Tasvirlarda baliq qutulishga urinib, jon-jahdi bilan suv tomon talpinayotgani ko‘rinadi. Uning harakatlari natijasida ilon ham suvga tortilib ketadi. Kuchli oqimga qaramay, ilon o‘ljasini qo‘yib yubormaydi. Aksincha, baliqni mahkam tishlagan holda suvda suzib, yana qirg‘oq tomon chiqib oladi.
Tabiatdagi yirtqich va o‘lja o‘rtasidagi ushbu kurash aks etgan video qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Foydalanuvchilar ilonning qat’iyligi va o‘ljasini hech qanday vaziyatda qo‘yib yubormagani haqida turli fikr va izohlar qoldirmoqda.






























Izohlar 0
…