O‘zbekistonda havo harorati 46 darajagacha chiqishi kutilmoqda

13–17 iyul kunlari O‘zbekistonda juda issiq ob-havo kuzatilishi mumkin. «O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, mamlakatga janubiy hududlardan issiq havo massalari kirib keladi.
Prognozga ko‘ra, shu kunlarda havo harorati ko‘pchilik viloyatlarda 41–43 daraja atrofida bo‘ladi. Shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida esa issiq 44–46 darajagacha yetishi mumkin.
Shu bilan birga, ayrim hududlarda shamol kuchayishi kutilmoqda. Shamol tezligi soniyasiga 13–18 metrgacha yetib, chang‘-to‘zon ko‘tarilishi ehtimoli bor.
Bunday ob-havoda shifokorlar va soha mutaxassislari kunning issiq qismida tashqarida uzoq qolmaslikni tavsiya qiladi. Ko‘proq suyuqlik ichish, yengil kiyim kiyish va quyosh tig‘ida ortiqcha yurmaslik muhim.
«O‘zgidromet» aholidan ob-havo ogohlantirishlariga e’tiborli bo‘lishni so‘ramoqda.































Izohlar 0
…