Aktrisa Ra’no Shodiyeva ijodida qanday yangiliklar bor?

Taniqli aktrisa Ra’no Shodiyeva so‘nggi ijodiy ishlari haqida gapirib, bir nechta yangi loyihalarda suratga tushganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, u Tatariston va O‘zbekiston hamkorligida suratga olingan ikkita tarixiy filmda rol ijro etgan.
Aktrisa, shuningdek, rejissyor Zulfiqor Isoqovning yangi filmlarida ham ishtirok etgan. Bu loyihalar orqali Ra’no Shodiyeva tomoshabinlarga yana yangi obrazlarda ko‘rinish berishga tayyorlanmoqda.
Bundan tashqari, aktrisa “O‘g‘loy” nomli yangi serialda ham suratga tushmoqda. U serialda besh nafar qizning onasi rolini ijro etayotganini aytdi.
Ra’no Shodiyevaning fikricha, ushbu serial ayniqsa yosh tomoshabinlarga manzur bo‘ladi. Aktrisaning yangi rollari muxlislari uchun yoqimli yangilik bo‘lishi aniq.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing