Belgiyadan Andijonga 160 bosh nasldor qoramol samolyotda olib kelindi

1 daqiqa o'qish182
Belgiyadan Andijonga 160 bosh nasldor qoramol samolyotda olib kelindi

Andijon viloyatiga Belgiyadan maxsus yuk samolyoti orqali 160 bosh nasldor qoramol olib kelindi. Germaniyaning mashhur simmental va golshtin zotlariga mansub qoramollar Boeing 747-400F yuk havo kemasida tashilgan.

Ma’lum qilinishicha, samolyot Belgiyaning Lej xalqaro aeroportidan parvoz qilib, Andijon xalqaro aeroportiga muvaffaqiyatli qo‘ngan. Mazkur reys aeroport tarixida ilk bor Boeing 747-400F rusumidagi yirik yuk samolyoti qabul qilingani bilan ham ahamiyatli bo‘ldi.

Keltirilgan nasldor qoramollar yuqori mahsuldorligi bilan ajralib turadi. Xususan, simmental zoti sut va go‘sht yetishtirishdagi sermahsulligi bilan qadrlansa, golshtin zoti dunyodagi eng ko‘p sut beruvchi qoramollar qatoridan o‘rin olgan. Mutaxassislar ushbu nasllar chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish va naslni yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlamoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?