O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum bo‘ldi

O‘zgidromet mamlakat bo‘ylab hafta davomida kutilayotgan ob-havo prognozini e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 12 oktyabr kuni O‘zbekiston hududida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida esa yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
Kunduzi havo harorati asosan 18–21 daraja iliqni tashkil etadi. Mamlakatning shimoliy va janubiy hududlarida esa harorat 23–26 darajagacha ko‘tariladi.
Ertaga 13 oktyabr kuni Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida, shuningdek kechasi va ertalab Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi. Joriy yilning 14-16 oktyabr kunlari respublikaning barcha hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzgi harorat 22-25 daraja, janubda 27-30 daraja bo‘ladi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 12-13 oktyabrda kuchli bo‘lishi mumkin. Baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi. 12 oktyabr kuni tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda bugun kunduzi vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat 19-21 daraja bo‘ladi. 13-16 oktyabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 12-15 daraja, kunduz kunlari 22-25 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.






























Izohlar 0
…