Toshkent avtobuslarida chiptasiz yurganlarning 92 foizi 16–30 yoshdagilar bo‘ldi

Toshkent shahrida jamoat transportidan foydalanib, yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilarning aksariyati yoshlar ekani ma’lum bo‘ldi. 2026 yilning yanvar–oktyabr oylarida avtobuslarda chiptasiz harakatlanganlarga nisbatan qariyb 139 mingta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Bu haqda Toshkent shahar Transport bosh boshqarmasi xabar berdi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, jami 138 780 ta bayonnomaning 97 747 tasi 18–30 yoshdagi yo‘lovchilarga tegishli. Bu umumiy qoidabuzarliklarning 70,4 foizini tashkil etadi.
Bundan tashqari, 16–17 yoshli yo‘lovchilarga nisbatan ham 30 533 ta bayonnoma tuzilgan. Ushbu ko‘rsatkich umumiy raqamning 22 foiziga teng.
Shu tariqa, 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yo‘lovchilarga nisbatan jami 128 280 ta bayonnoma rasmiylashtirilgan. Ya’ni avtobuslarda yo‘l haqini to‘lamaslik bilan bog‘liq qoidabuzarliklarning 92,4 foizi aynan shu yosh toifasi hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Qoidabuzarliklar jinslar bo‘yicha ham tahlil qilingan. Natijalarga ko‘ra, 105 272 ta bayonnoma erkaklarga nisbatan rasmiylashtirilgan bo‘lib, bu umumiy ko‘rsatkichning 75,9 foizini tashkil etadi. Ayollarga nisbatan esa 33 508 ta yoki 24,1 foiz bayonnoma tuzilgan.
Statistikadan ko‘rinib turibdiki, poytaxt avtobuslarida yo‘l haqini to‘lamaslik holatlarining asosiy qismi 16–30 yoshli yo‘lovchilar orasida qayd etilgan.
- #Toshkent jamoat transporti
- #Toshkent shahar Transport bosh boshqarmasi
- #avtobusda yo‘l haqi
- #ma’muriy bayonnoma
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…