6 513
O‘zbekistonda noqonuniy taksichilarga qarshi kurashuvchi inspektorlar paydo bo‘lishi mumkin
O‘zbekiston yo‘llarida kelgusi yildan noqonuniy taksichilarga qarshi kurashuvchi maxsus inspektorlar paydo bo‘lishi mumkin, deb yozmoqda Sof.uz sayti.
Ular O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining litsenziyasiz yo‘lovchi tashishni nazorat qiluvchi xodimlari bo‘ladi. Faqat endilikda ularga maxsus libos beriladi hamda yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari bilan teng holda hujjatlarni tekshirish uchun avtomobilni to‘xtatish huquqiga ega bo‘lishadi.
"Hozirda agentlik bu yo‘nalishda ma’lum muammolarga duch kelmoqda. Noqonuniy taksichini ushlash uchun avvalo uni to‘xtatish kerak. Lekin bunday huquqqa faqatgina YHXB xodimlarigina ega. Shuning uchun agentlik xodimlariga avtomobillarni to‘xtatish huquqini berish haqidagi g‘oya paydo bo‘ldi. Bu noqonuniy taksichilarga qarshi kurash samaradorligini bir necha martaga oshiradi", — dedi O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi vakili.
Suhbatdoshning aytishicha, bu taklif hukumatga taqdim etilgan va olib borilayotgan davlat hokimiyati organlari ma’muriy islohoti doirasida ma’qullanishi mumkin.
Birgina 2017 yilning sentyabr-oktyabr oylarida mamlakat bo‘ylab o‘tkazilgan 1200 dan ortiq reydlar davomida litsenziyasiz yo‘lovchi tashish bo‘yicha 5700 holat qayd etildi. 1700 holat bo‘yicha 1,95 milliard so‘mlik jarima undirildi.
Avtomobil transportida litsenziyasiz yo‘lovchi tashigan huquqbuzar eng kam ish haqining 20 baravaridan 100 baravarigacha (1 oylik eng kam ish haqi – 172240 so‘m), mansabdor shaxs esa 50 baravaridan 150 baravarigacha jarima to‘lashi lozim bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi