
Ochiq ma’lumotlar portali hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari o‘z rasmiy veb-saytida joylashtirishi shart bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxati ishlab chiqildi. Bu haqda «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazining matbuot xizmati «Daryo»ga xabar bermoqda.
Ro‘yxat 2013—2020 yillarda Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish Kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasining 7-sonli majlis bayoni 5-ilovasida keltirilgan.
Ro‘yxat bilan «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazining veb-saytida tanishish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2015 yildagi 232-son «Ochiq ma’lumotlar taqdim etilishi hisobga olingan holda internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining hukumat portalini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Qarorida Ochiq ma’lumotlar portalini shakllantirish belgilangan.

Foto: «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazining matbuot xizmati
Qarorga asosan, mahalliy hokimiyat organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralari o‘z rasmiy veb-saytlari va Ochiq ma’lumotlar portalida e’lon qilinadigan ma’lumotlarni vaqtida yangilanib borishi lozim.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar