Maʼmuriy qamoq va maxsus qabulxonalar: yangi tartib qoidalar tasdiqlandi

1 daqiqa o'qish4.8K
Maʼmuriy qamoq va maxsus qabulxonalar: yangi tartib qoidalar tasdiqlandi

Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan maxsus qabulxonalarning ichki tartib qoidalari Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Qoidalarga muvofiq, nazorat qiluvchi prokuror muassasaga moneliksiz va istalgan vaqtda kirishga, hamma kameralar bilan tanishishga hamda maxsus qabulxonada saqlanayotgan shaxslar bilan suhbatlashishga haqli.

Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxs advokat olganida qabulxona maʼmuriyati advokatning moneliksiz ish yurituvidagi hujjat yuzasidan kirishini taʼminlaydi.

Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslar quyidagi hujjatlar asosida sutka davomida qabul qilinadi:

- tuman (shahar) maʼmuriy sudining qarori, favqulodda holat rejimi sharoitlarida esa shuningdek harbiy komendantning yoki ichki ishlar organi boshligʻining qarori;

- maʼmuriy qamoqqa olingan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati.

Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxsga telefon orqali advokatga, qarindoshlariga yoxud boshqa shaxslarga qoʻngʻiroq qilish yoki xabar qilish huquqi beriladi.

Quyidagilar maʼmuriy qamoqqa olingan boshqa shaxslardan alohida joylashtiriladi:

- chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;

- yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar yoki tibbiy kuzatuvga muhtoj boʻlgan shaxslar;

- sobiq sudyalar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning sobiq xodimlari, sobiq advokatlar.

Kameralarda bir kishiga toʻgʻri keladigan yashash maydonining normasi ikki yarim kvadrat metrdan, ayollar uchun esa uch kvadrat metrdan kam boʻlmagan oʻlchamda belgilanadi.

Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarga alohida yotoq joyi, koʻrpa-toʻshak (koʻrpa, yostiq, ikkita choyshab va yostiq jildi), idish-tovoq hamda ovqatlanish anjomlari (kosa (miska), krujka va qoshiq) beriladi.

Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslar ikki kun ichida majburiy rentgenoflyurografik tekshiruvidan oʻtkaziladi.

Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslar pul, pochta joʻnatmalari va yoʻqlovlarni olish va joʻnatish, diniy rasm-rusumlarni ado etish, bir marotaba oʻzi bilan saqlash taqiqlanmagan oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olish, qabulxona maʼmuriyatiga, davlat va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga hamda jamoat birlashmalariga oʻz ona tilida yoki boshqa tilda arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat etish huquqiga ega.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?